"EMMM" DUK yangiliklari

Til-millat koʻzgusi

2022-yil 10-noyabr kuni Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida “Davlat tili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbatida Fargʻona Davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi mudiri Nizomiddin Qoʻldoshev, Filologiya fanlari doktori professor Siddiqjon Moʻminov, Filologiya fanlari nomzodi dotsent Mahfuzullo Rahmonov hamda Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Yaqin tarixga nazar solsak, 1989-yil 21-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasing “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, ona tilimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu esa mamlakatimiz, xalqimiz hayotida unutilmas, tarixiy voqeaga aylangan. Til — millat ruhidir. Shu sababli yurtimiz mustaqillikka ilk qadamlarini tashlayotgan davrdayoq oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini faxr-iftixor bilan eslaymiz. Taʼkidlab oʻtish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻzbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Oʻzbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan soʻng barcha davlat hujjatlari oʻzbek tilida yuritila boshlandi, gazeta va jurnallarning oʻzbek tilida chop etilishi yoʻlga qoʻyildi. Ularning orasida oʻzbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal va jozibadorligining yorqin dalilidir deb ta’kidlab oʻtdi Filologiya fanlari doktori professor Siddiqjon Moʻminov.

 Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, davlat tili har bir jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini davra ishtirokchilariga tushuntirishdan iborat edi.


Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Israilova L.

Faylni tanlang