"EMMM" DUK yangiliklari

Til — millatning koʻzgusi

Davlat tilini joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili deb eʼlon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun bilan belgilab beriladi.

2020-yil 10-aprelda esa Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolanib, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21-oktabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilanishi xalqimizning milliy ruhi va gʻururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda toʻlaqonli joriy etishga xizmat qiladi.

Davlat tilining jadal joriy qilinishidagi oʻzak masalalardan biri mamlakatimizda ish yuritish tizimini toʻlaligicha oʻzbek tiliga oʻtkazishdan iborat. Turli soha xodimlarining ish yuritish borasidagi bilim va malakalarini muntazam ravishda oshirib borish ham zaruriy ehtiyojlardandir.

Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarini lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritish boʻyicha 2022-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlinmasida malaka oshirishdi.


 

Buxoro viloyati

EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

 


 

Faylni tanlang