"EMMM" DUK yangiliklari

Yer usti xizmatlari stansiyalariga chastotalarni biriktirishni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyatlari mutaxassislari guruhining yig‘ilishi

2023-yil 16-oktabrdan 18-oktabrgachan Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyatlari yer usti xizmatlari stansiyalariga chastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha mutaxassislar guruhining muvofiqlashtirish yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yer usti xizmatlari stansiyalariga chastotalarni biriktirishlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyati mutaxassislar guruhining muvofiqlashtiruv yig‘ilishining tasdiqlangan kun rejasiga muvofiq quyidagi masalalar muhokama qilinmoqda:

- Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi “Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik maqsadlarida ishlaydigan yer usti radio xizmatlari tomonidan chegaraoldi hududlarda foydalaniladigan radiochastota biriktirmalarini muvofiqlashtirish” to‘g‘risida bitim loyihasi;

- “Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan foydalaniladigan 30-4000 MHz fuqarolik xizmatlari radiochastotalarni muvofiqlashtirishning texnik asoslari” bo‘yicha bitim loyihasi;

- Radioeshittirish xizmatining radiochastota biriktirimalarini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

- Chegaraoldi hududlarida mobil aloqa tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalari;

- Yig‘ilish bayonnomasiga muvofiq qabul qilingan qarorlarni bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini bajarishi, muddatlari va hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish.

Yig’ilishda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning quyidagi mutaxassislari ishtirok etmoqda:

Televideniye va radioeshittirish bo‘limi boshlig‘i – Rozikulova N.P.;

Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limining yetakchi muhandisi – Zaytseva M.V.;

Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limining yetakchi muhandisi – Nazirxanov J. K.

 

N.P. Rozikulova, M.V. Zaytseva. 

Faylni tanlang