Soha yangiliklari

Yig‘ilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi

Masalan, vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining (EHNAT) 160 dan ortiq funksiyasi bo‘lsa-da, hozirda faqat 1-2 tasidan foydalanilyapti, xolos. Jumladan, tuman elektr tarmoqlari korxonalari qayerda avariya bo‘lganini faqat aholi murojaati orqali biladi. Shu kabi masalalar tartibga solinmagani tanqid qilinib, mutasaddilarga EHNAT imkoniyatlarini to‘liq inventarizatsiya qilib, ularni hududlarning elektr balansini shakllantirish, noqonuniy ulanishlar va avariyalarni nazorat qilish, iste’molni rejalashtirish kabi yo‘nalishlarda ishlatish topshirildi.
Faylni tanlang