"EMMM" DUK yangiliklari

Yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

2024-yil 5-yanvar kuni Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori katta leytenanti A.Asqarov  ishtirokida Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlariga yong‘inning yuz berishi sabablari, uni oldini olish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan dastlabki xatti-harakatlarni tushuntirish maqsadida amaliy tadbir tashkil etildi.

nfdgfghfg800x599.jpg

Tadbir davomida, katta leytenant A.Asqarov yig‘ilganlarga tegishli yo‘riqnomalarga asosan uylar, ko‘p qavatli binolar va avtomobillarda yong‘in xavfsizligini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma va tushunchalar berib o‘tdi. U o‘z so‘zida, “Yong‘in – bu odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish jarayonlari” ekanligi haqida gapirdi.

ddfgdfhdfh800x600.jpeg

Tadbir so‘ngida, katta leytenant A.Asqarov tomonidan xodimlarga birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan qanday foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi va shartli ravishda tashkil etilgan yong‘inni xodimlar tomonidan bartaraf etilishida ko‘nikmalar berdi.

fcgnfghnfgh800x600.jpeg

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Sh.A.Matisakov

Faylni tanlang