2026-yil 9-aprel kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida Farg‘ona viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari va bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Elektromagnit moslashuv markazi faoliyati va hozirgi kunda erishayotgan yutuqlari haqida hamda o‘z tengqurlari orasida namunali bo‘lgan kadrlar zahirasiga bo‘lgan talab haqida batafsil tushunchalar berdilar.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va sohamizning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun ularning taklif va mulohazalari tinglandi.



Tayyorladi: Farg‘ona viloyat EMMX 2-toifali tizim muhandisi D.Alimdjanov