Loyiha doirasida yoshlar va o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan milliy tanlov yo‘lga qo‘yilib, eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.
Xususan:
– 100 nafar o‘qituvchi — 1000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti;
– 10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohat yo‘llanmasi;
– 500 nafar yoshlarga — noutbuk;
– 500 nafar yoshlarga — qimmatbaho sovg‘alar;
– 3 ta OTM — pul mukofoti;
– 2 ta umumta’lim maktabi — “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlar markazlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Loyiha doirasida yoshlarga AT, startap boshqaruvi va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim, xalqaro AT-sertifikatlar hamda tanlov va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.