"EMMM" DUK yangiliklari

YОZ O‘TMOQDA SOZ

Bolajonlar salomatligini mustahkamlash, yozgi ta’til kunlaridan unumli foydalanish, ularning dam olishlarini qiziqarli tarzda tashkil etish ota-onalar uchun asosiy vazifalarning biri hisoblanadi.

cn1280x720.jpg

Shu maqsadda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun Xorazm viloyatida joylashgan “Jayxun quyoshi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 12 kunlik ta’til tashkil qilindi.

cn11280x576.jpg

Oromgohda sog‘liqni saqlash xodimlari dam oluvchi yoshlarni sog‘lomlashtirish maqsadida  malakali  tibbiy xizmat ko‘rsatmoqdalar. 

Bolalarni qiziqishlarini inobatga olgan holda sport, mohir qo‘llar, rassomchilik va boshqa to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan. Bolalarning vaqtini yanada maroqli o‘tkazish maqsadida ma’naviy tadbirlar, quvnoq startlar, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari tashkillashtirilgan. Bu bolalarning jismonan va aqlan to‘g‘ri rivojlanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Shu bilan birga tariximizni o‘rganish, tarixiy obidalarni tomosha qilish maqsadida Xiva shahrida joylashgan “Ichan qal’a” tarixiy yodgorligiga sayohat uyushtirildi.

cn21280x960.jpg

Bolalar oromgohdan do‘stlar orttirib, bir olam quvonch va ta’ssurotlar bilan qaytdilar.

Faylni tanlang