EMMM yangiliklari

YOZGI OROMGOH — ENG ZAVQLI MASKAN

Xorazm viloyatidagi go‘zal tabiat bag‘rida joylashgan “Jayhun quyoshi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun dam olish tadbirlari tashkil etildi.

photo2025-07-1617-52-03.jpg

Ushbu oromgohda bolalar 12 kun davomida mazmunli hordiq chiqarish, yangi do‘stlar orttirish va turli to‘garaklarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Oromgohda bolalar uchun har kuni sport musobaqalari, madaniy tadbirlar, intellektual o‘yinlar va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari tashkil qilingan.

photo2025-07-1617-52-07.jpg

Navbatdagi o‘quv yilini tugatib, yozgi ta’tilga chiqgan bolalar uchun bu kabi oromgohlar nafaqat sog‘lomlashtirish, balki ijtimoiy va ma’naviy tarbiya olish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar tabiat qo‘ynida maroqli dam olib, turli ko‘ngilochar va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

photo2025-07-1617-52-12.jpg

Xodimlarning farzandlari uchun bunday imkoniyatlar yaratilishi avvalambor korxona tomonidan ishchi-xodimlarning mehnati qadrlanishining amaliy ifodasidir. 

Oromgoh rahbariyati bolalarning xavfsizligini ta’minlash, ularning oromgohda o‘tgan vaqtini mazmunli dasturlar bilan boyitishga alohida e’tibor qaratgan.

photo2025-07-1617-52-16.jpg

Qisqa muddatli bo‘lsada, bolalarning ushbu 12 kunlik dam olishlari ularning hayotida yorqin xotira sifatida qolishi shubhasiz.

photo2025-07-1617-52-21.jpg

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 2-toifali muhandisi    M.Ismailova

Faylni tanlang