Soha yangiliklari

YUNESKO Bosh direktorining kommunikatsiya va axborot bo‘yicha yordamchisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

28-sentabr – Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni munosabati bilan O‘zbekiston va YUNESKO hamkorligida gibrid formatda tashkil etilgan “Sun’iy intellekt, elektron boshqaruv va axborot erkinligi” mavzusida xalqaro konferensiya doirasida YUNЕSKOning kommunikatsiya va axborot masalalari bo‘yicha Bosh direktori yordamchisi janob Taufik Jelassi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligida soha mas’ullari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida YUNESKO Bosh direktorining kommunikatsiya va axborot bo‘yicha yordamchisi Taufik Jelassi YUNESKO tomonidan mamlakatlar hukumatlariga me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish, ommaviy axborot vositalari erkinligi va ularni rivojlantirish, raqamli innovatsiyalarni joriy qilish hamda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha bir qator ishlar va rejalar mavjud ekanligini ma’lum qildi. AKT vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi va birgalikda sun’iy intellekt va davlat tashkilotlarida ma’lumotlarni raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda Vazirlik doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. T. Jelassi va O. Pekos YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan “Memory of the world” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining madaniy boyliklari, tarixiy qo‘lyozmalari hamda badiiy adabiyotlar va boshqa yirik ahamiyatga ega madaniy boyliklarni raqamlashtirish yuzasidan kelishib olishdi.
Faylni tanlang