EMMM yangiliklari

Mehnat faxriylariga g‘amxo‘rlik qilish yaxshi an’anadir

Bugungi kunda korxonamizning mehnat faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Mehnat faxriylarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish, ular bilan doim aloqada bo‘lish – bularning barchasi korxonamizni nafaqat muvaffaqiyatli korxona, balki inson mehnati qadrlanadigan va e’zozlanadigan maskanga aylantiradigan madaniyatning bir qismidir.

Shu munosabat bilan, Sirdaryo viloyati EMMXda uzoq yillar davomida xizmat qilib, hozirgi kunda nafaqada umurguzaronlik qilayotgan mehnat faxriylari bilan chiroyli dasturxon atrofida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mehnat faxriylarimiz biz yoshlarga o‘zlarining ishlagan davrlaridagi hayotiy tajribalari va xotiralari bilan o‘rtoqlashib, foydali maslahatlarini berdilar.

Uchrashuv yakunida mehnat faxriylarimiz yurtimiz tinchligi, farovonligi va sohamiz rivojini so‘rab duolar qildilar.

 

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi O.A.Ostonaqulov

 

Faylni tanlang