"EMMM" DUK yangiliklari

Tarmoqlarni malakali rejalashtirish – sifatli aloqa garovi

Hozirgi paytda O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi sharoitida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jumladan 5G, Wi-Fi, raqamli televideniye, Zigbee va internet buyumlari kabi xizmatlar jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishini vaqtida o‘zlashtirish uchun esa ushbu soha mutaxassislarining bilimi, ko‘nikmalari va kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishlarini taqozo etmoqda.

Xususan axborot oqimlarining uzatilishini va radiorele liniyalarining elektromagnit moslashuvini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish maqsadida "Elektromagnit moslashuv markazi" DUKda Spectra EMS, Rakurs, ChirPlus va Mentum Ellipse dasturiy ta’minotidan foydalaniladi.

Bo‘lim mutaxassislari tomonidan ruxsat etilgan keng polosali nuqta-nuqta va nuqta-ko‘p nuqtali tarmoqlarning elektromagnit moslashuvini hisoblashda shakllangan muhandislik yechimlar, hisoblash algoritmlari va Xalqaro elektraloqa ittifoqining so‘ngi tavsiyalariga asoslanadi.

To‘g‘ri ko‘rinishdagi RRL uchun elektromagnit moslashuvini hisoblashda quyida keltirilgan XEIning tavsiyalari hisobga olinadi:

  1. P.452-14 - Taxminan 0,1 GGs dan yuqori chastotalarda Yer yuzasidagi stansiyalar o‘rtasidagi xalaqitlarni baholashni ehtimol qilish tartibi;

  2. P.530 - Yer usti to‘g‘ri ko‘rinishdagi tizimlarni loyihalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tarqalishi va ehtimol qilish usullari;

  3. P.2001-1 - 30 MGs - 50 GGs chastota diapazonlarida keng qo‘llanishi uchun radio to‘lqinlarining yer yuzida tarqalishining universal modeli.

 

EMMni hisoblashda hisobga olinuvchi tavsiyalar

 

Yuqorida keltirilgan dasturiy ta’minotga o‘rnatilgan, yer yuzasi va balandliklar topologiyasiga ega raqamli geografik xarita quyidagilarga imkon beradi:

 

  1. Alohida oraliqlar yoki ularning guruhlari uchun elektromagnit moslashuvni hisoblash;

  2. RRLning butun tarmog‘ida yoki uning qismlarida xalaqitlar mavjudligini aniqlash;

  3. Xalaqitlarni tahlil qilish va natijalarni grafik ko‘rinishda taqdim etish;

  4. Chastota kanallarini xalaqitlar tahlili bazasidan avtomatik tarzda tayinlash;

  5. Ma’lumotlar uzatishning yuqori sifati va ishonchliligini ta’minlagan holda tarmoqda foydalaniladigan chastota kanallari sonini kamaytirish.

 

 

Yerning qiyaligi va notekisligini hisobga olish namunasi

 

RRL oraliqlarinig tahlili namunasi

 

 

EMMni hisoblash namunasi

 

Ushbu dasturlar yordamida Turg‘un va yo‘ldosh aloqa bo‘limi xodimlari mavjud va rejalashtirilayotgan radiorele liniyalarinig elektromagnit moslashuvi bo‘yicha hisoblash ishlarini amalga oshiradilar.

Shuningdek mobil aloqa operatorlariga aloqa tayanch stantsiyalari orasidagi radiorele liniyalarida radiochastotalarni rejalashtirishda yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, ushbu dasturlardan ish faoliyatida foydalanish EMMni ta’minlash muammolarini samarali va tezkor bartaraf qilish imkonini beradi.

 

TvaYAB 1-toifali muhandislari

Raximgaziyev F.F.

Tadjimatov R.M.

Faylni tanlang