Soha yangiliklari

Vazir örinbosari Farğona viloyatidagi raqamli ta’lim loyihalari faoliyati bilan tanişdi

Farğona viloyatiga taşrifi davomida Raqamli texnologiyalar vaziri örinbosari Rustam Karimjonov “Fergana Digital Hub”dagi raqamli ta’lim loyihalari, şuningdek, “AT-şaharça”dagi öquv jarayonlari va yoşlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Jumladan, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 8-sinf öquvçilariga axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni örgatiş böyiça olib borilayotgan işlar körib çiqildi.

Ta’kidlaş joizki, loyiha doirasida tahsil oliş istagini bildirib röyxatdan ötgan 1 500 nafar öquvçi orasidan saralaş natijalariga köra 180 nafari tanlab olinib, maxsus öquv kurslariga jalb etilgan.

Şuningdek, Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan “iDev Academy” dasturçilarni tayyorlaş markazi faoliyati ham örganildi. Ayni paytda markazda 100 nafarga yaqin yoş Apple kompaniyasi tomonidan malakasi oşirilgan mentorlar kömagida iOS dasturlaş yönalişi böyiça ta’lim olmoqda.

Qolaversa, Farğona viloyati Toşloq tumanidagi “AT-şaharça” faoliyati bilan ham tanişildi. Mazkur maskanda python va flutter dasturlaş, grafik va 3D dizayn, robototexnika hamda ingliz tili yönalişlari böyiça 11 nafar mentor 400 nafardan ortiq yoşga ta’lim bermoqda.

Faylni tanlang