"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand shahrida Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi yer usti xizmatlari stansiyalariga chastota biriktirmalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ekspert guruhining yig‘ilishi

Samarqand shahrida 2022-yil 24-25-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi yer usti xizmatlari stansiyalariga chastota biriktirmalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “EMMM” davlat unitar korxonasi, UNICON.UZ va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi.

“Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi hududlarida fuqarolik radioxizmatlari foydalanadigan radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi Kelishuv” va “O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolik yer usti radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan 30,0 – 4000,0 MHz radiochastota polosasida radiochastotalarni taqsimlashni muvofiqlashtirishning texnik asoslari to‘g‘risidagi Kelishuv” loyihalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aloqa ma’muriyatlari tomonidan radioeshittirish xizmatining radiochastota taqdimotilarini muvofiqlashtirish va radiochastotalarni BRIFICda ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi mutaxassislari chegaradosh hududlarda aloqa tarmoqlarining xalaqitsiz ishlashini ta’minlash yuzasidan fikr almashdilar.

 

Faylni tanlang