Soha yangiliklari

Yuqori darajali aloqa sohasida axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik jamiyatining yig\'ilishi o\'tkazildi

Bugun "ICTWEEK Uzbekistan-2017" axborot-kommunikatsiya haftaligi doirasida Yuqori darajali aloqa sohasida axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik jamiyatining Ishchi guruh majlisi bo'lib o'tdi. 
 
 
Mazkur yig'ilishda Aloqa sohasidagi hududiy hamdo'stlik tashkilotiga a'zo mamlakatlarning AKT yo'nalishidagi hamkorligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy, shuningdek madaniy jabhalaridagi o'rni muhokama bosh mavzusiga aylandi. 
 
Aloqa sohasidagi hududiy hamdo'stlik tashkilotiga a'zo davlatlardagi aloqa sohasiga mas'ul organi rahbarining o'rinbosari, ya'ni vazir o'rinbosarlari Yuqori darajali aloqa sohasida axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik jamiyati a'zolari hisoblanishadi.
 
Internet tarmog'idan foydalanish, dasturiy ta'minot sohasini rivojlantirish, "internet-buyumlar" yo'nalishida loyihalarni amalga oshirish, raqamli iqtisodiyot, "elektron hukumat"ni rivojlantirish bo'yicha vazifalarni ishlab chiqish Yuqori darajali aloqa sohasida axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik jamiyati faoliyatining ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi.
 
Tadbirda  IT-loyihalarni amalga oshirish, AKT inftatuzilmasini rivojlantirish modellari va zamonaviy texnologiyalarning amalga oshish konsepsiyalari, xususan Internet of Everything (IoE) yo'nalishini rivojlantirish, salmoqli ma'lumot (big data) hamda "sun'iy idrok" yo'nalishlaridagi izlanishlar, loyihalar amalga oshirishning biznes va jamiyat hayotidagi ahamiyati qayd etildi.  

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang