Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi maktab o‘qituvchilari uchun “Ta’limda raqamlashtirish” kurslari yakunlandi

2021-yil 8-noyabrdan 2022-yil 31-yanvarga qadar Toshkent shahridagi Inha universitetida Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 193-son va Yunusobod tumanidagi 220-umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirokida 3 oylik “Raqamli savodxonlik” malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi Inha universitetining malakali o‘qituvchilari tomonidan matematika, fizika, informatika va ingliz tili kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borildi. 2022-yil 4-fevral kuni umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga “Ta’limni raqamlashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha uch oylik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risida sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 193-son va Yunusobod tumanidagi 220-umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Faylni tanlang