2024-yilning 17-18 avgust kunlari “EMMM” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xodimlari Jizzax viloyatidagi Zomin qo‘riqxonasi hududida joylashgan ekologik toza hudud bo‘lgan “Zomin” turistik zonasiga tashrif buyurishdi.
Mazkur sayohatda xodimlarimiz “Zomin” tog‘larining landshaftlari va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligidan bahra olgan holda Zomin ko‘prigi, “Bobo yong‘oq”, “Ming yillik archa”, “Sherbuloq” ko‘llari hamda boshqa ko‘plab so‘lim yerlarini sayohat qilib madaniy hordiq oldilar.
“O‘zbekiston Shveytsariyasi”ga qiyoslanadigan Zomin tog‘lari inson salomatligi, kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilib, kishiga unutilmas taassurotlar beradi.
Zomin tog‘lari dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, betakror tabiat, qalin archazorga burkangan tog‘lardan tushayotgan muzdek zilol suv va shifobaxsh buloqlarga boy. O‘ziga xos archa va qarag‘ay o‘rmonlarini ham boshqa joylardan topish amrimahol.