EMMM yangiliklari

Zomin tog‘lariga sayohat

Joriy yilning 13-14 sentabr kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish va xodimlarning samarali hordiq olishini ta’minlash maqsadida Namangan  viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati jamoasi uchun Zomin tog‘lariga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida, xodimlar, Zominning go‘zal tog‘li hududlari, turistik maskanlari va madaniy hordiq zonalariga tashrif buyurib, maroqli dam oldilar.

Bunday tadbirlar jamoa o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va xodimlarning madaniy-ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX radiooperatori M.O‘. Axmedov

photo2025-09-1911-30-07.jpg

photo2025-09-1911-30-14.jpg

photo2025-09-1911-30-19.jpg

Faylni tanlang