EMMM yangiliklari

Zominga sayohat

photo2026-07-0117-02-53.jpg

Joriy yilning 27-28-iyun kunlari Elektromagnit moslashuv markazi hamda Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun Jizzax viloyatida joylashgan Zomin davlat qoʻriqxonasiga sayohat tashkil etildi.

Safar davomida xodimlar Zominning so‘lim maskanlarini tomosha qilib, tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi. Turli madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, ishtirokchilarga unutilmas lahzalar ulashildi.

Bunday tadbirlar xodimlarning ish faoliyatidagi samaradorligini oshirish, jamoada do‘stona muhitni shakllantirish hamda sog‘lom dam olishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Faylni tanlang