Soha yangiliklari

ZTE yangi BPO markazlar uchun 100 ming dollar ajratadi

25-oktabr kuni AKT haftaligining ikkinchi kunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan direktori Farxod Ibragimov hamda ZTE Uzbekistan bosh direktori Van Guandun bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston BPO sanoatini rivojlantirish borasida fikr almashdilar. Muloqot ishtirokchilari BPO-yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi va ushbu sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Uchrashuv doirasida IT Park va ZTE Uzbekistan o‘rtasida Samarqand va Farg‘onada yangi BPO markazlarini qo‘llab-quvvatlash va ochish uchun ZTE kompaniyasi tomonidan 100 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risida hujjat imzolandi. BPO markazlari zarur uskuna va texnikalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, yangi muassasalar tufayli Samarqand va Farg‘onada yangi ish o‘rinlari ochiladi.  
Faylni tanlang