Joriy yilning 6-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun navbatdagi huquqiy o‘quv soati ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi.


O‘quv soatida dastlab, Ish yuritishni boshqarish va ijro intizomini nazorat qilish xizmati yetakchi muhandisi R.Ganiyev so‘zga chiqib, hafta mobaynidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan qabul qilingan buyruq va farmoyishlari haqida ma’lumot berdi.


Shundan so‘ng, huquqiy soatning asosiy mavzusi yuzasidan Sirdaryo viloyati EMMX 1-darajali radiooperatori Z.S.Sarbayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 447-son Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.
Qarorning eng asosiy maqsadi:
-Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, joylarda AKT xizmatlari sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, AKT xizmatlari turlarini kengaytirish;
-Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish;
-Soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish va soliq to‘lovchilar faoliyatining shaffofligini taʼminlash.
Elektron hukumat - davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
Me’yoriy-huquqiy asos - Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinayotganligini.
Raqamli iqtisodiyot - bu siyosiy iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash yordamida amalga oshiruvchi yangi tizim bo‘lib, raqamli iqtisodiyot sharoitida servis sohasini barqaror rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir.
Raqamli iqtisodiyot tovarlar va xizmatlarni yaratish va sotish bilan bog‘liq barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. Raqamli ma’lumotlar ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanib, iqtisodiy faoliyatda asosiy rol o‘ynashi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Ma’ruzachi yig‘ilish qatnashchilarining savollariga javoblar berib o‘tdi.
