EMMM yangiliklari

30-iyun – Yoshlar kuni!

photo2026-07-0116-45-45.jpg

O‘zbekiston yoshlari!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi yo‘lida sizlarning bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz, vatanparvarligingiz hamda fidokorona mehnatingiz beqiyosdir.

Bugungi yutuqlar va ertangi ulkan marralar aynan siz – zamonaviy fikrlaydigan, intiluvchan va iste’dodli yoshlar bilan chambarchas bog‘liq.

Har biringizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, ulkan marralar sari dadil qadamlar, ilm-fan, kasb va ijodda yangi zafarlar tilaymiz. Orzu va maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, O‘zbekiston yoshlari!

Faylni tanlang