EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi

Andijon viloyati EMMX xodimi hamda Andijon shahar IIB xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning may oyi davomida Andijon shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

photo2026-05-2217-28-41.jpg

O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar, “Uyg‘urobod” MFY, Uyg‘urobod ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Y radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi. 

photo2026-05-2217-28-48.jpg 

Andijon shahar IIB boshqarmasi xodimi tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

photo2026-05-2217-28-52.jpg

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev

Faylni tanlang