"EMMM" DUK yangiliklari

AVTOMAGISTRALDA MOBIL ALOQA QAMROVI O‘RGANILDI

A‑380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro avtomobil yo‘li O‘zbekiston Respublikasini Qozog‘istonning janubiy-g‘arbiy qismi orqali Yevropa davlatlari bilan bog‘lovchi asosiy qon  tomiri hisoblanadi. Ushbu xalqaro avtomobil yo‘lining Qo‘ng‘irot tumanidagi katta qismi bepayon Ustyurt platosidagi cho‘l va dasht hududlaridan o‘tadi. Kuniga yuzlab yuk va yengil avtomobillar harakatlanuvchi ushbu hududda mobil aloqasiz qolish haydovchilarning og‘ir iqlim sharoitidagi ahvolini yanayam qiyinlashtirar edi.

photo2025-06-0510-08-40.jpg

    Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, A-380 xalqaro avtomagistralini mobil aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha aloqa operatorlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Qo‘ng‘irot shahridan Daut ota chegara postigacha bo‘lgan 331 kilometrlik masofaga aloqa operatorlari tomonidan 38 ta baza stansiyalari o‘rnatilib foydalanishga topshirildi. Buning natijasida, A-380 avtomobil yo‘lining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi qismida mobil aloqa qamrovi 94% ga, mobil internet qamrovi esa 87% ga yetkazildi.

photo2025-06-0510-08-47.jpg

Yuqoridagi natijalarga erishishda xizmatimizning ham munosib ulushi bor, deb hisoblaymiz. Sababi, xizmatimiz xodimlari doimiy ravishda xalqaro avtomagistral yo‘llarda, respublika ahamiyatidagi ichki yo‘llarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha aholi yashash maskanlarida mobil aloqa va internet qamrovini aniqlash bo‘yicha o‘lchov ishlarini olib borishmoqda. Olingan ma’lumotlar asosida mobil aloqa operatorlariga qamrov mavjud bo‘lmagan hududlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilinadi.                  

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX boshlig‘i I.Reimov

Faylni tanlang