"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Bugungi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korrupsiyadir. Mamlaktimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish yuzasidan izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda.

Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga so‘zning keng ma’nosida yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, o‘ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda jamiyat va fuqarolarimiz mas’uldirlar.

Jamiyat aʼzolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun maʼlumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish, ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlashning aniq tizimini amaliyotda qoʻllashdir.

Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘lishini anglagan holda harakat qilmog‘imiz lozim bo‘ladi.

Demak, biz korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yishimiz, inson omilisiz onlayn dasturlarni har bir sohaga joriy qilishimiz va natijada adolatli hamda shaffof tizimni yaratishimiz zarur.

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang