"EMMM" DUK yangiliklari

BRK-23 manfaatlari uchun ayollar tarmog‘i (NOWSWRC23)

2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-23) doirasida  “BRK-23 manfaatlari uchun ayollar tarmog‘i” forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum dasturi NOWSWRC23 tashabbusining kengroq bir qismi bo‘lib, XEI (ITU-R) radioaloqa sektorida ayollar uchun bilim almashish, aloqalar va murabbiylik uchun faol forum yaratishga qaratilgan.

BRK-23 uchun ayollar tarmog‘ining ishga tushirilishi XEI radioaloqa sektorida gender tengligi, adolat va tenglikni rivojlantirishga qaratilgan BRK-19 gender Deklaratsiyasida nazarda tutilgan aniq harakatlarni amalga oshirish majburiyatlaridan biridir. Radioaloqa Assambleyasining 2023 yilgi boshqa muhim qarorlari qatorida ushbu Deklaratsiyani amalga oshirish boʻyicha 4 yillik ish natijasi sifatida “Gender tengligi va tenglikni qoʻllab-quvvatlash hamda XEIda ayollar va erkaklarning ishtiroki hamda tafovutni bartaraf etish toʻgʻrisida”gi Rezolutsiyaning qabul qilinishi boʻldi.

Mazkur forumda XEI Bosh kotibi Dorin Bogdan-Martin kirish so‘zi bilan chiqib delegatlar o‘rtasida gender tengligi va ayollar hamjamiyatini rivojlantirishga intilish muhimligini ta’kidladi.

dfgdfgb800x550.jpeg

Yig‘ilish davomida NOWSWRC23 mintaqaviy hamraislari nutq so‘zladilar, shuningdek, BKR-23 tadqiqot sikli uchun bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berishdi:

        -Aminata xonim Niang Dian (Senegal) - Afrika (ATU)

-Jennifer Manner xonim (AQSh) – Amerika (CITEL)

-Asma Al Meiri xonim (BAA) va Zayn Mokaddem xonim (Inmarsat) - Arab guruhi (ASMG)

- Chju Kir xonim (Xitoy Xalq Respublikalari) - Osiyo-tinch okeani mintaqasi (APT)

-Amela Xatibovich Sekich xonim (Shvetsiya) - Evropa (CEPT)

-Ayjan Tiyanak xonim (Qozog'iston) aloqa sohasidagi mintaqaviy Hamdo‘stlik (RCC).

nfgdjsdfg800x526.jpeg               

NOWSWRC23 Radioaloqa byurosining koordinatorlari Ilhom G‘ozi (Yer xizmatlari bo‘limi), Veronik Golod va Cessi Karina (Kosmik xizmatlar bo‘limi) lar ham chiqish qildilar.

rtgsntrhrt800x471.jpeg                 

Forumda mintaqaviy tashkilotlarning 100 dan ortiq mutaxassislari ishtirok etdi. Forum tashabbusi butun dunyo bo‘ylab radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida imkon qadar avvalroq salohiyatni oshirishni boshlashga qaratilgan. XEI-R tadqiqot komissiyalari va ularning ishchi guruhlari ishida, shuningdek mintaqaviy telekommunikatsiya tashkilotlari faoliyatida BRK-27 arafasida ayollarning asosiy lavozimlarda kengroq ishtirok etishiga erishish istagi uyg‘otishdir.

bsdfbdf1000x354.jpeg

Faylni tanlang