"EMMM" DUK yangiliklari

Raqamli televideniye standartlari

Raqamli televideniye 20-asrning so‘ngi yillarida analog televideniye o‘rnini bosa boshladi. Analog standartlarda bo‘lgani kabi, raqamli standartlar uchun ham mintaqaviy bo‘linmalar mavjud.

DVB-T va DVBT-T2 standartlari

Dastlab, DVB raqamli eshittirish standarti sun’iy yo‘ldoshli eshittirish uchun yaratilgan, ammo keyinchalik kabel, yer usti va sun’iy yo‘ldoshli mobil eshittirish uchun DVB turlari paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda DVB standartining quyidagi turlari mavjud:

DVB-T va DVB-T2 - efirli guruhi, signal oddiy antenna bilan qabul qilinadi

DVB-C - kabel tarmoqlari uchun eshittirish standarti

DVB-S va DVB-S2 – sun’iy yo‘ldosh eshittirish standartlari

DVB-H - mobil qurilmalar uchun sun’iy yo‘ldosh standarti

Ko‘pgina zamonaviy televizor modellari DVB-T va DVB-T2 standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ya'ni ular oddiy antenna bilan qabul qilingan signalni qayta ishlashga qodir.

 

DVB-T2 eski DVB-Tdan qanday farq qiladi

Texnik nuqtai nazardan, DVB-T 1 ta transport oqimini uzatadi, 2-avlod standarti esa bir nechta uzatishga qodir. Har bitta shunday oqim multipleksda joylashgan bo‘ladi va fizik qatlam kanalini (PLP) hosil qiladi.

Oddiy qilib aytganda, DVB-T2 va DVB-T o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:

 

  • teleradiokompaniyalarga yuklanganlik kamaygan holda televizion tasvirlarining yuqori sifatliligini;

  • bitta chastota diapazonidagi kanallar sonining ko‘payishi (ko‘proq telekanallar efirga uzatilishi mumkin);

Standartning ikkinchi turi takomillashtirildi. Teleradioeshittirish tarmog‘ining mumkin bo‘lgan maksimal sig‘imi kengaytirildi va boshqa texnik parametrlar yaxshilandi. Agar biron sababga ko‘ra tyuner DVB signalini qabul qilishga moslashtirilmagan bo‘lsa yoki eski televizor raqamli televizorni umuman qo‘llab-quvvatlamasa nima qilish kerak? Antenna (televizor pristavkasi) bilan raqamli televideniye qabul qilgichni sotib oling. Bu qurilma juda arzon, shuning uchun jiddiy muammolar paydo bo‘lmasligi kerak.

 

Yangi DVB-T2 va MPEG-4 kanal kodlash texnologiyasining kombinatsiyasi ko‘p dasturli efir teleko‘rsatuvi operatorlari uchun raqamli televideniyaning sifatini sezilarli darajada oshiradi, chunki bu bitta 8 MHz chastota kengligida uzatiladigan dasturlar sonini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, chastota bilan taʼminlashda mavjud qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasida raqamli eshittirishni joriy etish surʼatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

8 MHz chastota diapazonida MPEG-2/DVB-T kombinatsiyasidan foydalanilganda, standart sifatdagi 9-11 TV dasturlarni yoki 2-3 ta yuqori sifatli dastur paketi uzatilishi mumkin. Shu bilan birga, paketdagi teledasturlarning maksimal soni kontent turiga (yangiliklar, sport, animatsiya, filmlar va boshqalar) va statistik remultiplekslash funksiyasining samaradorligiga bog‘liq. MPEG-4 siqish standarti va DVB-T2 standartidan foydalanganda paketdagi standart ta'rifli dasturlar soni 15-16 tagacha ko‘tariladi.

 

DVB-C standarti

DVB-C Yevropa raqamli kabel televideniyesi standartidir. Yevropada sotish uchun mo‘ljallangan zamonaviy televizorlarning deyarli barcha modellari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu standartga ega tyuner kabel televideniyesi provayderlari tomonidan ishlatiladigan signalni to‘g‘ri qayta ishlashga qodir.

DVB-S va DVB-S2 standartlari

Sun’iy yo‘ldosh televideniyesini qanday sozlash kerak? Gap shundaki, DVB-S va DVB-S2 sun’iy yo‘ldosh eshittirish standartlari signallarini qayta ishlash barcha zamonaviy televizorlarda ta’minlanmagan. Agar siz sun’iy yo‘ldosh kanallarini tomosha qilmoqchi bo‘lsangiz, "Tyuner" ustunida qanday parametrlar ko‘rsatilganiga e’tibor bering. Agar S guruhining standartlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, sun’iy yo‘ldosh televideniyesini tomosha qilish uchun sizga faqat provayderdan maxsus karta (CAM modulida) va sun’iy yo‘ldosh antennasiga ulanish kerak bo‘ladi. Sun’iy yo‘ldosh telekanallarini o‘zingiz sozlash qiyin bo‘lmaydi. Agar televizor S guruhi standartlarini qo‘llab-quvvatlamasa, sun’iy yo‘ldosh kanallarini tomosha qilish uchun sizga qo‘shimcha ravishda qabul qiluvchi (maxsus pristavka) kerak bo‘ladi.

DVB-S2 standartning takomillashtirilgan turi bo‘lib, texnik jihatdan eskirgan
DVB-S dan farq qiladi. Sun’iy yo‘ldosh televideniyesini ulashda siz kanallarni qabul qilmoqchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshning signal standartiga e’tibor bering. Texnik parametrlar har doim hujjatlarda ko'rsatilgan.

DVB-H standarti

DVB-H mobil qurilmalar uchun Yevropa televideniye standartidir. Bu DVB-T standartining mantiqiy davomi, lekin statsionar texnologiyada qo‘llanilmaydi. Oddiy televizorning tyuneri bunday signalni qabul qilishga moslasha olmaydi, shuning uchun televizorni tanlashda ushbu standartni texnik xususiyatlarda izlash befoyda. DVB-H signalini uzatish va qabul qilish uchun mobil qurilmada batareya quvvatini tejashga mo‘ljallangan texnologiyalar qo‘llaniladi.

 

TVvaRE bo‘limi muhandisi

Sayfiddinov Q.K.

Faylni tanlang