"EMMM" DUK yangiliklari

Davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi

Bugungi kunda mamlаkatimizda telekommunikаtsiya infratuzilmаsini modernizatsiyа qilish va kengаytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda.

Shuningdek, olis va qishloq aholi punktlаrida, turistik va rekreаtsion hududlarda, mаgistral avtomobil va temir yo‘llari bo‘yida telekommunikаtsiya infratuzilmаsini, shuningdek, internet tarmog‘igа simsiz keng polosаli ulanish tarmoqlаrini rivojlаntirish ishlаri respublikamizdа  bosqichma-bosqich amаlga oshirilib kelinmoqda. Ushbu ishlаrni to‘g‘ri va samarali tashkil etish, avvalambor mobil aloqa va mobil internet qamrovining real holatini tahlil qilish uchun muntazam ravishda radiomonitoring tadbirlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 27-1-son yig‘ilishi Bayoni bilan “EMMM” DUK va uning viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalariga har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida hamda respublika aholi maskanlarida mobil aloqa qamrovi (radiomonitoring) holati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni Vazirlik va uning hududiy sho‘balariga kiritib borish vazifasi yuklatilgan.

Yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarilishini ta’minlash uchun “EMMM” DUK va uning viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarining yuqori malakali mutaxassislari mobil aloqa qamrovining zarur o‘lchov ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirib kelmoqdalar. Bu bilan korxonamiz xodimlari yurtimizda ko‘rsatib kelinayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun o‘zlarining munosib hissasini qo‘shmoqdalar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20-dekabr kuni tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘lish davomida soha infratuzilmasi, xususan, internet tezligini yaxshilash masalasiga e’tibor qaratildi. Ayrim hududlarda internet tezligi pastligi, xalqaro magistral yo‘llarning 20 foizi mobil internet bilan qamrab olinmagani ko‘rsatib o‘tildi. 

Yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilib respublikamiz hududida mobil aloqa va mobil internet qamrovini 100 foizga yetkazilishi shart, zero O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida “Davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb belgilab qo‘yilgan.

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi - J.S.Raimdjanov.

Faylni tanlang