"EMMM" DUK yangiliklari

Davlat tili - millat ruhi

2023-yil 3-noyabr kuni Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida “Davlat tili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbatida Fargʻona Davlat universiteti  Filologiya fanlari nomzodi dotsent Iminov Begzod Bekjanovich hamda Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Yaqin tarixga nazar solsak, 1989-yil 21-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, ona tilimiz - oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu esa mamlakatimiz, xalqimiz hayotida unutilmas, tarixiy voqeaga aylangan. Shu sababli yurtimiz mustaqillikka ilk qadamlarini tashlayotgan davrdayoq oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini faxr-iftixor bilan eslaymiz. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va boshqa qonunlar bilan belgilanadi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida” gi Qonuni qabul qilinishi bilan o‘zbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol o‘ynadi deb ta’kidlab oʻtdi filologiya fanlari nomzodi  dotsent Begzod Bekjanovich.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, davlat tili har bir jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini davra ishtirokchilariga tushuntirishdan iborat edi. 

 

Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX  muhandisi Mirzamaxmudov N.

Faylni tanlang