"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Radionazorat va texnik rivojlanish xizmatining mutaxassislari tomonidan joriy yilning 5-dekabr sanasida huquqni muxofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli Qarorining 3-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosini bajarish maqsadida, “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasining Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limi xodimlari hamda Toshkent shahar IIBB Chilonzor tumani IIOFMB xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 5-dekabr sanasida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” savdo markazida maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Abu Saxiy” savdo markazi tadbirkorlik maqsadida, xech qanday ruxsatnomalarsiz 68 dona “Baofeng BF-888S” rusumli, 52 dona “Baofeng BF-999S” rusumli va 2 dona “Baofeng UV-5R” rusumli jami 122 dona radioelektron vositalarini noqonuniy sotayotganligi aniqlanib, Chilonzor tumani IIOFMB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida ashyoviy dalillarni olish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib vaqtinchalik olib qo‘yildi.

rgtyjrtyktryj1000x566.jpg

rgtyjrtyktryj1000x566.jpg

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan tayyorlangan hujjatlar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘rnatilgan tartibda ma’muriy chora ko‘rish uchun yuborildi.

 

 

Tayyorladi: “RN va TRX” 1-toifali muhandisi Y.Kuryazov

Faylni tanlang