"EMMM" DUK yangiliklari

E’lon

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK qo‘yidagi yangi xizmat turlarini joriy qilganligi haqida ma’lum qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar uchun televidenie (TV) va radioeshittirish (RE) uzatkichlarining ishonchi qabul qilish hududini o‘lchash ishlarini amalga oshirish. 

O‘lchovlar O‘zDSt 2126:2013 “Yer usti raqamli televizion eshittirishlarni ishonchli qabul qilish hududlari” o‘lchash usullari davlat standartiga muvofiq olib boriladi. Arizalar www.cemc.uz sayti orqali taqdim etilgandan so‘ng, ijro uchun qabul qilinadi va ishlarni bajarish muddati hamda xarajatlari shartnomaga asosan belgilanadi. 

O‘lchovlar jarayonida mavjud xizmat ko‘rsatayotgan uzatgichlarni xizmat ko‘rsatish hududini ishonchli signal bilan qamrab olinganlik darajasini aniqlashda  mas’ul xodim o‘lchov ishlarini rejalashtirib, qo‘shimcha xodim hamda kerakli uskunalar jalb qiladi va texnik tadbirlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

O‘lchovlar natijasi o‘lchov bayonnomasi va qamrov hududi tushirilgan xarita ko‘rinishida taqdim etiladi. Zaruriy hollarda signal qamrovi yuzasidan xulosa va tasviyalar beriladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar uchun mobil aloqa tarmoqlarining uzatkichlari qamrov signallarini o‘lchash bo‘yicha drayv-test ishlarini amalga oshirish.

O‘lchovlar O‘z DSt 3207:2023 “Mobil aloqa tarmoqlarining xizmatlari sifatining normalari va baholash usullari” va O‘zDSt 1139:2015 “Fuqarolar tomonidan  qo‘llaniladigan barcha toifa va vazifadagi uzatkichlar” o‘lchash usullari davlat standartiga muvofiq olib boriladi. Arizalar www.cemc.uz sayti orqali taqdim etilgandan so‘ng, ijro uchun qabul qilinadi va ishlarni bajarish muddati hamda xarajatlari shartnomaga asosan belgilanadi.

O‘lchovlar jarayonida mavjud xizmat ko‘rsatayotgan mobil aloqa tayanch stansiya (TS) uzatgichlarining xizmat ko‘rsatish hududini o‘lchash  bir vaqtda yakka tartibda (bitta TS va bitta mobil aloqa standarti) yoki umumiy holda (bir nechta TS va bir nechta mobil aloqa standarti bo‘yicha) olib boriladi. 

Yakka tartibdagi o‘lchovlar natijasi o‘lchov bayonnomasi va qamrov hududi tushirilgan xarita ko‘rinishda, umumiy xolda o‘lchanganda esa ma’lumotlar xarita ko‘rinishda taqdim etiladi. Zaruriy hollarda signal qamrovi yuzasidan xulosa va tasviyalar beriladi.

3.O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar uchun ma'lumot uzatish aloqa (xususan Wi-Fi) tarmoqlarining qamrov signallarini o‘lchash ishlarini amalga oshirish. Arizalar www.cemc.uz sayti orqali taqdim etilgandan so‘ng, ijro uchun qabul qilinadi va ishlarni bajarish muddati hamda xarajatlari shartnomaga asosan belgilanadi.

O‘lchovlar jarayonida ma‘lumot uzatish aloqa (xususan WiFi) tarmog‘i  uzatgichlarining (router) xizmat ko‘rsatish hududini o‘lchash olib boriladi.

Yakka tartibdagi o‘lchovlar natijasi o‘lchov bayonnomasi va qamrov hududi tushirilgan xarita ko‘rinishda taqdim etiladi. Zaruriy hollarda signal qamrovini yaxshilash yuzasidan xulosa va tavsiyalar beriladi.

Faylni tanlang