EMMM yangiliklari

“EMMM” DUK Trening markazida “EMMM” DUKning hududiy bo‘linmalari radiooperator xodimlari uchun o‘quv kursi o‘tkazildi

Trening markazining 2025-yil uchun o‘quv rejasiga muvofiq, 2025-yilning 12-14-avgust kunlari “EMMM” DUKning hududiy bo‘linma radiooperator xodimlari uchun o‘quv-mashg‘ulot kursi tashkil etildi. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot kursida 12 ta tinglovchi ishtirok etdi.

photo2025-08-1516-43-06.jpg

O‘quv kursining ochilish qismida boshliq o‘rinbosari A. Xashimxodjayev so‘zga chiqib, radiochastota spektridan foydalanish borasidagi so‘nggi yangiliklar, RChSdan foydalanish bo‘yicha jahon tajribasi hamda “EMMM” DUKning istiqboldagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

photo2025-08-1516-43-11.jpg

Sh.Kerimov tomonidan yer sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari. Ularni taraqqiyoti, qo‘llanilish sohalari va yangi standartlari haqida tushunchalar berildi.

Kursning amaliy qismida tinglovchilar guruhlarga bo‘linib, individual amaliy mashg‘ulotda qatnashdilar.

Amaliy qismda:

- o‘lchov metodikalaridan foydalanib o‘lchov rejimlari asosida antennalar yordamida pelengatsiya va o‘lchashlarni amalga oshirish, KINH 04 hujjatiga muvofiq radiomonitoring tadbirlarini rejalashtirish, olib borish, qayd etish va ma’lumotlarni faolligini saqlash bo‘yicha A.Ismailov yo‘riqnomalar berdi.

- Tegishli dasturiy ta’minotlari yordamida o‘lchovlarni o‘tkazish va tahlillarni olib borish va harakatdagi radioaloqa standartlari, texnologiyalarini  rivojlanish bosqichlari hamda ularning bugungi kun holati bo‘yicha K.Chekalin tomonidan ma’lumotlar berildi.

-TVvaRE (DVB-T2, DAB+) singallarini priborlar yordamida texnik parametrlarini o‘lchash, signal qamrov hududini aniqlashda nazariy hisob-kitoblarni amaliy o‘lchovlar bilan taqqoslash va o‘lchovlarni olib borishda qo‘llaniladigan  imkoniyatlari bilan T.Xidoyatov tanishtirdi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarni bilimlari baholandi.

photo2025-08-1516-43-17.jpg

photo2025-08-1516-43-21.jpg

photo2025-08-1516-43-26.jpg

photo2025-08-1516-43-32.jpg

photo2025-08-1516-43-37.jpg

photo2025-08-1516-43-44.jpg

Faylni tanlang