EMMM yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi

Joriy yilning 3-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

photo2025-07-0916-12-34.jpg

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

photo2025-07-0916-12-40.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-sonli qarori mazmun-mohiyatiga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida “Cyber University” davlat universiteti tashkil etilgani haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. Mazkur universitet tomonidan ishlab chiqilgan targ‘ibot materiallari onlayn mashg‘ulot davomida xodimlarga namoyish etildi va ushbu materiallar orqali raqamli sohada zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyatlari tushuntirildi.

photo2025-07-0916-12-44.jpg

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmuni atroflicha sharhlab berildi. Unda davlat axborot tizimlarining kiberxavfsizligini mustahkamlash, axborot resurslarini ishonchli himoya qilish, kiber tahdidlarga qarshi tizimli chora-tadbirlar ko‘rish borasidagi vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.

photo2025-07-0916-12-50.jpg

Bundan tashqari, davlat organlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularni amaliyotga tatbiq etish va axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berildi hamda mavzular yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Faylni tanlang