"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi

Joriy yilning 26-iyun kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

photo2025-06-2717-04-05.jpg

O‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarga Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi N.Djurayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi 725-I-son Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Ushbu qonun radiochastota spektridan samarali va xavfsiz foydalanish, radioaloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish, hamda elektromagnit moslashuvni ta’minlash bo‘yicha asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

photo2025-06-2717-04-13.jpg

Shuningdek, mashg‘ulotda boshliq o‘rinbosari A.X. Xashimxodjayev so‘zga chiqib, qonunning amaliy jihatlarini yoritib berdi. U hayotiy misollar asosida qonun talablari va ularning kundalik ish faoliyatida qanday qo‘llanilishini tushuntirdi. Jumladan, radiochastotalardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, davlat nazoratini amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish mexanizmlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

photo2025-06-2717-04-19.jpg

photo2025-06-2717-04-24.jpg

Faylni tanlang