EMMM yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi

Joriy yilning 17-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

photo2025-07-1818-10-24.jpg

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli Qonuni mazmunan keng yoritilib, unda belgilangan byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlari va moliyaviy intizomni ta’minlash bo‘yicha muhim jihatlar tushuntirildi. Ushbu Qonunning maqsadi 2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

photo2025-07-1818-10-29.jpg

Shuningdek, o‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1016-sonli Qonuni mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berildi. Unda davlat sirlari bilan ishlash tartibi, ularni muhofaza qilish mexanizmlari, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlovchi xodimlarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha muhim normalar keltirib o‘tildi.

Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilashdan, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

photo2025-07-1818-10-33.jpg

 Mazkur qonun doirasida, davlat sirlariga aloqador bo‘lgan xodimlarning xorijiy mamlakatlarga chiqishi uchun biometrik pasport rasmiylashtirish tartibi, ushbu pasportlarni xodimlar bo‘limidan olish bosqichlari hamda u bilan bog‘liq hujjatlar yig‘ish tartibi to‘liq tushuntirildi.

photo2025-07-1818-10-37.jpg

O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarning barcha savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va qonun hujjatlari asosida ishlash samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Faylni tanlang