"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 5-mart kuni “EMMM” DUKda o‘rinbosarlari A.Kadirov va A.Xashimxodjayev rahbarligida, monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha mutaxassis V.Guseinov hamda davlat xaridlari bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan majlisida berilgan ko‘rsatmalari atroflicha muhokama qilindi. Bular davlat xaridlari tizimini ilg‘or tajribalar asosida sun’iy intellektdan foydalangan holda yanada takomillashtirish, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tovarlar xaridini tartibga solish masalalarini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasining "Raqobat to‘g‘risida"gi va "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunlari hamda raqobatni ta’minlash va monopoliyaga qarshi choralarni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida fikr almashildi va Davlat xaridlari bo‘yicha komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi idoraviy me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Faylni tanlang