"EMMM" DUK yangiliklari

Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 10-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

photo2025-04-1116-28-55.jpg

Seminarda  D.Omonov – Toshkent shahar FVV boshqarmasi Texnogen favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda A.Xayitbayev – Yashnabod tumani FV profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlari so‘zga chiqib, Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.

photo2025-04-1116-29-00.jpg

Ma’lumki, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda inson hayoti xavf ostida qoladi. Aynan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish masalasi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari hamda zilzila va uning oqibatlari” mavzusida  ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotida shu haqida so‘z bordi.

photo2025-04-1116-29-09.jpg

Aholini tabiiy va is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘in hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, mavsumiy sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Hayotiy misollar keltirib o‘tildi. Korxona va tashkilotlar, turar-joylarda belgilangan qoidalarga amal qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qanday to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushunchalar berildi.

Ishni boshlashdan oldin va ish paytida, favqulodda vaziyatlarda, ish oxirida xavfsizlik talablariga amal qilish muhimligi eslatib o‘tildi.

photo2025-04-1116-29-18.jpg

Tadbir davomida mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlik, to‘g‘ri harakat har qanday vaziyatda qo‘l kelishi tushuntirib o‘tildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

photo2025-04-1116-29-25.jpg

Faylni tanlang