"EMMM" DUK yangiliklari

Forum

2023-yil 2-3-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida joylashgan Novotel mehmonxonasida Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vazirligi hamda Huawei kompaniyasi hamkorligida “Markaziy Osiyo mintaqasida mobil aloqani rivojlantirish uchun 700 MHz diapazonini bo‘shatish” mavzuyidagi forum tashkillashtirildi.  

Forum mezbon tomon Qozog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Zoom platformasi orqali onlayn shaklda Tojikiston Respublikasi Aloqa ma’muriyatlari, Xalqaro elektraloqa  ittifoqi (XEI) vakillari, shuningdek,  Qozog‘iston Respublikasidagi Huawei kompaniyasi va mobil aloqa operatorlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Forum yakunida Markaziy Osiyoda 694-790 MHz radiochastota diapazonini bo‘shatish va 694-790 MHz, 790-890 MHz, 2500-2690 MHz chastota polosalaridan uyg‘unlikda foydalanishda, shuningdek, oldinda turgan boshqa mavjud muammolarni yechimini topish maqsadida kelishuvlarga erishilib, bayyonnoma loyihasi tuzildi.

 

Faylni tanlang