2024-yil 15-16 avgust kunlari Andijonda Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi chegaradosh hududlarida kirib kelayotgan quruqlikdagi uyali radioaloqa va teleradioeshittirish signallari masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mutaxassislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “EMMM” davlat unitar korxonasi, UNICON.UZ va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tomonlar Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan telekanallari va Qirgʻiziston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi telekanallarining signallari haqida maʼlumot almashdilar.
Yig‘ilishda mutaxassislar mobil va radioeshittirish xizmatlarini rivojlantirish rejalarini muhokama qildi. Tomonlar radiochastota spektridan milliy darajada foydalanishni samarali rejalashtirish va taʼminlash maqsadida 450 MGs, 700 MGs, 850 MGs va 2600 MGs diapazonlarida radiochastotalarni taqsimlash boʻyicha mavjud va istiqbolli rejalar boʻyicha maʼlumotlar almashishga qaror qildilar. Chegara hududlarida elektromagnit moslashuvi, mobil radioxizmatlarni rivojlantirishning jahon tendentsiyalari va Butunjahon radioaloqa konferensiyalari qarorlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlandi.
Tomonlar “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Respublika radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan 29,7 – 960 MGts radiochastota diapazonida radiochastotalarni taqsimlashni muvofiqlashtirish to‘g‘risida”gi Bitimni qayta ko‘rib chiqishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qildilar.” (ekspert guruhi yig‘ilishi (2022 yil 27-28 oktyabr. Samarqand sh.))
Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlanib, muzokaralar natijalari har ikki tomon uchun ham samarali boʻlishiga umid bildirildi.
Televideniye va radioeshittirish bo‘limi boshlig‘i - Rozikulova Nadejda Pavlovna