EMMM yangiliklari

Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash

Respublikamiz, xususan, Navoiy viloyati ahlining Alisher Navoiy xotirasiga hurmat-ehtiromi cheksiz. Navoiy viloyati ma’naviy tarbiya, ma’rifiy yuksalish yo‘lida barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi, ta’bir joiz bo‘lsa, yurtning ma’naviy brendiga aylanishi zarurligi ta’kidlandi. 

Bu haqida 2024-yil 1-noyabrda Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokamasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tildi hamda Prezidentimiz tashabbuslari bilan Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilindi. 

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida prezident sovg‘asi uchun respublika tanlovi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 2025-yil 7-fevral kuni Navoiy viloyati EMMXda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida Navoiyxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni xizmat muhandisi M.To‘raqulov kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu tadbir buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi hamda Navoiy viloyatida 2025-yilni Alisher Navoiy yili deb e’lon qilinishi munosaabati bilan bo‘lib o‘tayotganligini ta’kidlab, tadbirga ishtirok etish uchun tashrif buyurgan ustoz va o‘quvchilarni tanishtirib o‘tdi.

vbnvbnvbn1000x392.jpg

Alisher Navoiy nomidagi maktabning Ona-tili va adabiyot fani o‘ituvchisi Z.Istamova Navoiy dahosi naqadar buyukligini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmasligi va u kishi qoldirgan ma’naviy me’rosni haligacha to‘liq tadqiq qila olmaganligimiz to‘g‘risida gapirib, u kishining hayot yo‘llari to‘g‘risida ham qisqacha ma’lumot berdi.

fdhhmmmm837x512.jpg

Albatta, Navoiyxonlik kechalarini g‘azal va baytlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tadbir davomida maktabning ustoz murabbiyi I.Tojiyeva hamda yuqori sinf o‘quvchilari G.Ahadova, Z.Mardonova va R.Normuhammadovalar Navoiy g‘azallaridan na’munalar o‘qib berishdi. 

Xizmat muhandislari tomonidan ham Alisher Navoiy g‘azallaridan na’munalar o‘qildi va g‘azallarnini ma’nolari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Qisqa qilib aytganda, korxonamizda Navoiy dahosiga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, buyuk alloma bobomiz munosib xotirlandi.

dfbhbdfdfgdf1000x563.jpg

Tadbir so‘ngida xizmatimiz xodimlari tomonidan tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining ustoz va o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Navoiy viloyati EMMX muhandisi M.To‘raqulov

Faylni tanlang