"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyatida madaniy meros obyektlarida mobil aloqa va mobil internet qamrovining monitoringi

Mamlakatimizda turizm sohasi yildan yilga rivojlanmoqda. Yurtimizning boy tarixi, madaniyati, moddiy va ma’naviy merosi xorijlik sayyohlarni o‘ziga rom etib keladi. 

Jumladan, Jizzax viloyatidagi turizmning ko‘plab turlari, xususan tarixiy, arxitektura va arxeologik obidalar, tarixiy rekratsion maskanlari, diniy qadamjolar va ziyoratgoh joylar, ekoturistik manzillar hamda o‘ziga xos madaniy-etnografik an’analari mintaqa turizm xazinasi hisoblanadi.  

So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasini modernizatsiya qilish, transport va mehmonxona xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mahalliy va xalqaro turistlar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtomobil yo‘llari va hududning diqqatga sazovor obyektlari joylashgan manzillarda mobil aloqa qamrovini yaxshilashga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Jizzax viloyatining diqqatga sazovor ziyoratgohlari, turizm obyektlarida maxsus o‘lchov vositalaridan foydalangan holda mobil aloqa va mobil internet qamrovi darajasini o‘rganish ishlari doimiy tarzda olib borilmoqda.

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov

Faylni tanlang