EMMM yangiliklari

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

2025-yil 23–25-aprel kunlari Jizzax viloyati Baxmal tumanida “Boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari”  mavzusida keng qamrovli qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

photo2025-04-2412-37-56.jpg

Tadbir avvalida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlari rahbarlari tomonidan favqulodda holatlarga tayyorgarlik holati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, barcha qatnashchilar ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

photo2025-04-2412-38-02.jpg

Mashg‘ulot doirasida tegishli boshqaruv organlari kuch va vositalarini kuchaytirilgan holatga o‘tkazish hamda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlarni olib borishni o‘z ichiga olgan bir nechta o‘quv nuqtalarida o‘tkazildi.

photo2025-04-2412-38-07.jpg

O‘quv mashg‘uloti davomida tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam otryadini yoyish va ko‘p sonli jabrlanganlarni qabul qilish, xavfsiz hududga yo‘naltirish  kabi amaliy tadbirlar o‘tkazildi

photo2025-04-2412-38-12.jpg

Mazkur o‘quv mashg‘uloti favqulodda holatlarda harakat qilish bo‘yicha real sharoitlarda muvofiqlashtirilgan harakatlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi     X.A.Israilov

Faylni tanlang