"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Joriy yilning 6-avgust  kuni Jizzax viloyati EMMX va Sh.Rashidov tumani IIB xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Jizzax  viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Sh.Rashidov tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

sdfggbdsv.jpg

hgftrgegfrg.jpg

Mazkur tadbir jarayonida Sh.Rashidov tumani hududida  joylashgan  3 ta umumiy ovqatlanish korxonalarida 7 dona  REVdan noqonuniy ravishda foydalanilayotganligi  aniqlandi va barchasiga bayonnomalar rasmiylashtirilib, Sh.Rashidov tumani IIB xodimi tomonidan vaqtinchalik olib qo‘yildi. Ushbu holat yuzasidan Sh.Rashidov tumani IIB tomonidan MJTKning 152-moddasiga asosan ma’muriy ish yuritilishi belgilab olindi.

Tayyorladi:Jizzax viloyati EMM xizmati 1-toifali muhandisi M.B.Ashirmatov

Faylni tanlang