"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya – kelajakka tahdid!

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmini belgilovchi asosiy manba O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi Qonuni hisoblanib, uning asosiy maqsadi davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Qonunda korrupsiya -shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, deb ta’riflangan.

Darhaqiqat, korrupsiya asosan qonunchilik yetarli darajada mukammal ishlab chiqilmagan, tartib-taomillari shaffof bo‘lmagan joylarda chuqur ildiz otadi. Resurslarning yetishmasligi yoki ba’zi nopok amaldorlarning noqonuniy xatti-harakatlari ham korrupsiya holatlarini keltirib chiqarish sabablari bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Shu qatorda Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy tadbirlar olib borilmoqda. Ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatdagi korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha “EMMM” DUK tomonidan “Zoom” platformasi orqali “Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-240-son Qarori va unda belgilangan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan qonun hujjatlar, davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.

 

Qashqadaryo viloyati EMMX

2-toifali muhandisi Sh.Jalilov

Faylni tanlang