EMMM yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois, unga qarshi kurashish xalqaro ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda, korrupsiyaga qarshi kurashish respublikamizda ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Shunga ko‘ra, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan holda 2017-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi hamda bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Ushbu Qonunga muvofiq, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Shunday ekan, bunday ma’naviy buzilish holatiga qarshi kurashishda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar.

 

Namangan viloyati EMMX 2-toifali muhandisi X.U.Qosimova 

Faylni tanlang