2025-yilning 17-aprel kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i X.T.Tojiyev olib bordi.
Davra suhbati davomida Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlariga korrupsiya inson va jamiyat hayotini izdan chiqarib, jamiyatning rivojiga rahna soluvchi illat ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati hamda korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga guvoh bo‘lganda harakatlanish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan davra suhbatidan EMMX xodimlari o‘zlariga yetarlicha xulosa chiqardilar.
Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.S.Abdualimov