"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish!

2023-yilning 21-avgust kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati, 2023-yil 17-apreldagi “EMMM” DUKning 14-sonli haftalik yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.

Davra suhbatini Samarqand viloyati, Samarqand tumani adliya bo‘limi bosh mutaxassisi O.X.Mamatqulov hamda katta mutaxassis B.B.Abduvaxobovlar olib borishdi. 

Mutaxassislar tomonidan 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning mazmun- mohiyati tanishtirib o‘tildi.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. 

Qiziqarli savol va javoblarga boy bo‘lgan davra suhbatida Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari korrupsiya oqibatlari jamiyat, davlat rivojlanishiga to‘siq ekanligi haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.Abdualimov

Faylni tanlang