"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish!

Har qanday faoliyatning samaradorligi, uning aniq tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilishiga bog‘liq. Shubhasiz, bu qoida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samaradorligiga ham taalluqlidir. 

Shundan kelib chiqib, 2024-yilning 21-avgust kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini Samarqand viloyati IIB xodimi A.Azimov va Samarqand viloyati EMMX boshlig‘i X.Tojiyevlar olib borishdi.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. 

Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Bunday misollardan biri har bir sohani raqamlashtirishdir.

Mutaxassislar tomonidan 2017-yil 3-yanvarda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun va mohiyati bilan tanishtirib o‘tildi.

Qiziqarli savol va javoblarga boy bo‘lgan davra suhbati Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, ularda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.Abdualimov

Faylni tanlang