"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Davlatimizning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy va samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatida korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga qat’iy murosasizlik madaniyatini shakllantirish zarur.

erhrtjhrthrth1000x562.jpg

Shu maqsadda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida joriy yilning 22‑dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali yuriskonsulti T.Maxamatdinov ma’ruza qildi. Davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari haqida ma’lumotlar berdi.

Undan tashqari korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri hamda 19-dekabr kuni Oʻzbekistonda bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro mukofotni topshirish marosimi haqida aytib o‘tdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1‑darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.

Faylni tanlang