"EMMM" DUK yangiliklari

“Korxonaning 2023-yil faoliyati natijalari va 2024-yildagi vazifalari” yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-fevral kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida 2023-yil yakuni va 2024-yil uchun qo‘yilgan asosiy vazifalar muhokama qilindi. Bunda, korxonaning barcha  bo‘lim va xizmatlari  hamda viloyatlar xizmatlari boshliqlari ishtirok etishdi. 

gerggsdfgsdfg1000x684.jpg

Yig‘ilish boshida rahbarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi 158-son Qarori “O‘zbekiston-2023” strategiyasida belgilangan asosiy g‘oyalar haqida ta’kidlab o‘tildi. Ya’ni:

 • barqaror iqtisodiy rivojlanish orqali o‘rtachadan yuqori daromadga ega davlatlar qatoriga qo‘shilish;

• xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;

• aholi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish;

• xalqqa xizmat qiluvchi adolatli va zamonaviy davlat qurish;

• mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatlanganligini ta’minlash.

Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish mamlakatimizdagi barcha davlat organlari va tashkilotlari uchun ustuvor vazifa etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga asosiy ijrochi sifatida 22 ta maqsad va vazifalarni bevosita amalga oshirish yuklatilganligi, shuningdek, 62 ta maqsad va vazifalarni birgalikda ijrochi sifatida, 45 ta maqsad va vazifalar birgalikda ijrochi va boshqa tashkilotlarning vazifalarini bajarishda ishtirokchi sifatida belgilangan. Jami, vazirlikka 129 ta topshiriqlar yuklangan bo‘lib, topshiriqlarning ma’lum qismi korxonamizga ta’sir ko‘rsatishi haqida ta’kidlandi.

Masalan, aholi punktlarini mobil Internet bilan qamrab olishni ko‘paytirish, 5G texnologiyasini rivojlantirish, xalqaro avtomobil yo‘llarini 100 foiz mobil Internet bilan ta’minlash, keng polosali ulanish bilan bog‘liq masalalar va hokazo.

Strategiyaning bir qismi sifatida raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, elektron xizmatlar, vazirlik va idoralar faoliyatini raqamlashtirishni ta’minlaydigan raqamli transformatsiya amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi.

egdshsfh1000x666.jpg

Shundan so‘ng, “EMMM”DUK faoliyatining asosiy natijalari ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi. 

Jumladan:

 

    • Korxonaning moliyaviy faoliyati;

    • Radiochastotalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish;

    • Xalqaro faoliyat;

    • Radiomonitoring va radioqabul qilishni xalaqitlardan himoya qilish;

    • Investitsiya loyihasi;

    • Sifat menejmenti tizimi va ijro intizomi;

    • Komplaens-nazorat tadbirlari;

    • Raqamli transformatsiya va jarayonlarni raqamlashtirish;

    • Muqobil energiya;

    • Transport va logistika;

    • Fuqarolar murojaatlari;

    • Kadrlarni tayyorlash;

    • Talabalar bilan ishlash;

    • Korxona xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish;

    • Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;

    • Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni yaxshilash;

cvbcvbcvb1000x666.jpg

Shuningdek, yig‘ilish davomida 2024-yilda ko‘zlangan asosiy vazifalar bilan tanishtirildi. 

    1. “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish.

    2. O‘zbekiston Respublikasi radiochastota spektri monitoringi tizimini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirishni davom ettirish.

    3. Korxonada korrupsiyaga qarshi kurash tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standartining korxonada joriy etish.

    4. Raqamli transformatsiya va jarayonlarni raqamlashtirish, shu jumladan ruxsatnomalar berishni davom ettirish.

    5. Radiochastota organlari va manfaatdor idoralar bilan birgalikda efirda axborot xavfsizligini ta’minlash.

    6. Respublika hududlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etish.

    7. Korxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning mehnat sharoitlarini doimiy ravishda yaxshilash va ularni ijtimoiy himoya qilish.

gvsdfgdfg1000x720.jpg

Faylni tanlang